«Yangi O‘zbekiston» parki
«Yangi O‘zbekiston» parki — Toshkentning eng yangi va zamonaviy sayr zonalaridan biridir. Parkka tashrif buyuruvchilar piknik uyushtirishlari, suv havzasi bo‘yida o‘tirishlari yoki velosipedda uchishlari mumkin.
«Yangi O‘zbekiston» parki bo‘ylab sayr
Dam olish maskani 2021-yil avgust oyining oxirida ochilgan. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan. Obyektni rejalashtirishda tarixchilar, ijodiy kasb egalari va mamlakatning turli yoshdagi aholisining fikrlari inobatga olingan.
Park «Toshkent-Humo» xalqaro aeroporti yaqinidagi katta yer maydonida joylashgan. Hududda sun'iy ko‘l, kafelar, piknik va sport zonalari, bolalar maydonchalari mavjud. Butun park bo‘ylab dam olish uchun o‘rindiqlarga ega piyodalar yo‘laklari yotqizilgan. Darvoqe, agar «Yangi O‘zbekiston» parki hududiga yuqoridan qarasangiz, uning tuzilishi beshta shoxli ulkan daraxtni eslatishini ko‘rishingiz mumkin.
Uzoqdan ko‘rinib turadigan parkning asosiy obyekti — 60 metrlik Mustaqillik monumentidir. U tepasida Humo qushi joylashgan ulkan stela ko‘rinishida. Monument etagida O‘zbekiston tarixidan olingan sahnalar aks etgan haykallarni topish mumkin.
Parkka kirish bepul. Yaqin atrofda bir nechta avtobus bekatlari mavjud. Sayohatni rejalashtirishda shuni hisobga olish kerakki, yozda bu yer juda issiq bo‘ladi — parkdagi daraxtlar hali endi o‘smoqda.
Toshkentdagi boshqa zamonaviy dam olish maskanlari qatorida, masalan, «Magic City» va «Tashkent City» parklarini ajratib ko‘rsatish mumkin.