Toshkentdagi «Oʻzbekiston» mehmonxonasi — описание, как добраться и фото | Loca.uz Skip to main content
Toshkentdagi «Oʻzbekiston» mehmonxonasi

Toshkentdagi «Oʻzbekiston» mehmonxonasi

Manzil
Maxtumquli koʻchasi, 45
Metro Amir Temur xiyoboni

«Oʻzbekiston» mehmonxonasi oʻzbek poytaxtining qoq markazida joylashgan. Agar siz ushbu binoni shahar boʻylab marshrutingizga kiritishni rejalashtirmagan boʻlsangiz ham, Amir Temur xiyoboni boʻylab sayr qilganda yoki Temuriylar tarixi muzeyiga borganingizda uni albatta koʻrasiz.

Изображение
Отель «Узбекистан» в Ташкенте
Fasad

Toshkentning «Oʻzbechka»si

Sovet modernizmi uslubidagi 17 qavatli mehmonxona 1974-yilda qurilgan. Oʻsha paytda mehmonxonada 479 ta xona mavjud edi. Hozir bino konfiguratsiyasi oʻzgargan: bugungi kunda bu yerda turli toifadagi 315 ta xona mavjud. Mahalliy aholi koʻpincha mehmonxonani «Oʻzbechka» deb atashadi. Bu nom mehmonxona fasadi qarab turgan Amir Temur xiyoboni kabi ommalashgan — toshkentliklar uni shunchaki xiyobon («skver») deb atashadi.

Mehmonxona nafaqat shaharning markazida joylashgani, balki oʻzining esda qolarli koʻrinishi bilan ham diqqatga sazovordir. Binoning old fasadining butun maydoni quyoshdan toʻsuvchi panellar bilan qoplangan. Ular an'anaviy sharqona panjara uslubida ishlangan.

Изображение
Отель «Узбекистан» в Ташкенте
Lyuks xona

Mehmonxonada ikkita restoran mavjud. Ulardan biri binoning yuqori qavatida joylashgan. Uning derazalaridan xiyobon va shaharning markaziy qismiga ajoyib manzara ochiladi.

Agar siz mehmonxonada toʻxtagan boʻlsangiz yoki shunchaki bu yerga kelsangiz, sayrni Temuriylar tarixi muzeyi yoki Toshkent Fotosuratlar uyiga tashrif bilan birlashtirishingiz mumkin.

Bu joy xaritada

Ma'lumot yangilandi:
20.05.2026