Toshkentdagi Dream Park — tavsifi, qanday borish va fotosuratlar | Loca.uz Skip to main content
Toshkentdagi Dream Park

Toshkentdagi Dream Park

Manzil
Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasi, 21
Metro Mirzo Ulug`bek
Narxi
Bepul

Dream Park yoki G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i Toshkent markazidan ancha uzoqda joylashgan, ammo u yerga borsangiz, albatta afsuslanmaysiz, chunki katta dam olish maskanida butun oila bilan maza qilib dam olish mumkin. Bu yerda attraksionlar, katta hovuz va hatto charxpalak ham bor.

Изображение
Dream Park в Ташкенте
Bog‘ hududida

Dream Park: nimalarni ko‘rish mumkin

Bog‘ uzoq 1967-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘shanda dam olish maskani "O‘zbekiston komsomoliga 40 yil" bog‘i deb nomlangan. Keyinchalik bu joy Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ deb atala boshlandi. Bir necha yil oldin bu yerda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borildi, o‘shanda manzil o‘zining zamonaviy nomini oldi.

Dream Park — butun Toshkentdagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi bog‘dir. Undan faqat Alisher Navoiy bog‘i kattaroq xolos.

Bog‘ning "Mirzo Ulug‘bek" metro bekatiga chiqadigan qismida attraksionlar va charxpalak joylashgan hudud bor. Bu yerda kafe va ko‘ngilochar obyektlarga ega bino ham qad rostlagan. Uning to‘g‘risida bayram kunlari turli tomoshalar o‘tkaziladigan konsert maydonchasi joylashgan. Bundan bir oz uzoqroqda sahna va arqonli bog‘ (verёvochniy park) joylashgan.

Изображение
Dream Park в Ташкенте
Ko‘l

Hududning uzoqroq qismida oqqushlar va o‘rdaklar yashaydigan ikkita ko‘l bor. U yerda qayiqda sayr qilish mumkin. Suv havzalaridan birining markazida bayramona fotosessiya o‘tkazish mumkin bo‘lgan orol joylashgan. Uning hududiga kirish pullik.

Dream Park shahar markazidan uzoqda joylashganiga qaramay, bu yerdan metro orqali, masalan, Tashkent City bog‘iga yoki Amir Temur xiyoboniga osongina yetib borishingiz mumkin.

Bu joy xaritada

Ma'lumot yangilandi:
28.07.2026