Shayx Abulqosimxon eshon madrasasi — tavsifi, qanday borish va fotosuratlar | Loca.uz Skip to main content
Shayx Abulqosimxon eshon madrasasi

Shayx Abulqosimxon eshon madrasasi

Manzil
Furqat ko'chasi, 3/2
Metro Xalqlar do'stligi
Narxi
Bepul

Shayx Abulqosimxon eshon madrasasi — Toshkentning eng ommabop diqqatga sazovor joyi emas. Hatto hamma mahalliy aholi ham bu joy borligini bilavermaydi: madrasa o'zbek poytaxtining markaziy qismiga yaqinroq joylashganiga qaramay, piyodalar uni yashillik ortidan payqashlari unchalik oson emas. Shunga qaramay, ushbu me'moriy yodgorlik mahalliy madaniyat va san'at bilan yaqindan tanishishni xohlovchi sayohatchilar uchun qiziqarli bo'ladi.

Изображение
Медресе шейха Абулкасымхана ишана
Madrasa hududida

Majmua tarixi

Shayx Abulqosimxon eshon madrasasi XIX asrda allaqachon mavjud bo'lgan me'moriy majmua o'rnida qurilgan. Madrasa so'zining o'zi boshlang'ich maktabdan so'ng o'qishga kiriladigan musulmon o'quv yurtini anglatadi.

Madrasa Shayx Abulqosim sharafiga nomlangan — u bino qurilishiga homiylik qilgan va toshkentliklarning taniqli ma'naviy yetakchisi bo'lgan. Dastlab o'quv majmuasi bir qavatli bo'lgan, keyinchalik bu yerda ikkinchi qavat qurib bitkazilgan.

Изображение
Медресе шейха Абулкасымхана ишана
Hunarmandlar do'koni

XX asrning birinchi yarmida madrasadan Volga bo'yidan evakuatsiya qilingan oilalarni yashashi uchun foydalanilgan. Keyinchalik, yana 40 yil davomida bu yerda kommunal turar-joy, so'ngra esa o'yinchoqlar fabrikasining filiali joylashgan.

Mamlakat mustaqilligi yillarida vaziyat tubdan o'zgardi — madrasa hunarmandchilik hayoti markaziga aylandi. Mahalliy ustalarning mahsulotlari bilan tanishish va O'zbekistonga sayohatingizdan esdalik uchun noyob suvenirlar xarid qilish uchun bu yerga kelishingiz mumkin.

Yana bir shunga o'xshash inshoot, Ko'kaldosh madrasasi bu yerdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. Siz g'ayrioddiy suratlar olish va bunday muassasalardagi o'quv jarayonini ko'rish uchun u yerga borishingiz mumkin.

Bu joy xaritada

Ma'lumot yangilandi:
11.11.2026